Ma’lumki, bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi dunyo hamjamiyatida o‘z o‘rniga ega, kelajagi porloq mamlakat sifatida tan olinmoqda. Yurtimiz ravnaqi yo‘lida qilinayotgan tub islohotlar haqida gap borar ekan, bu o‘rinda bizga har tomonlama beg‘araz yordam berayotgan xorijiy davlatlarning, xususan Germaniya federativ respublikasining xizmatini alohida ta’kidlab o‘tishimiz lozim.